Buxoro viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari boshlandi

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari yurtimiz boʻylab keng qamrovda olib borilmoqda.

Bugun, 21-avgust kunidan boshlab Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati boʻylab korxona - tashkilotlarda, mahalla va bozorlarda, shuningdek,  maktab oʻquvchilarining ota-onalari, uyushmagan yoshlar hamda xotin-qizlar bilan targʻibot tadbirlari tashkil etiladi. 

Mazkur yoʻnalishdagi tadbirlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati