Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

Ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar joriy yilning 14-15-avgust kunlari Sergeli hamda Yashnobod tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirlarda mutaxassislar tomonidan fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga karshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhim ahamiyat kasb etayotganligi, ayniqsa, yoshlarning bunday vaziyatda mustaqil fikrlab, yuksak maʼnaviyatli, milliy kadriyatlarga sodiq, dunyoqarashi keng, irodasi mustahkam, sabr–bardoshli, oshkora va yashirin koʻrinishdagi maʼnaviy tahdidlarga doim tayyor turadigan, zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan yetuk shaxs sifatida voyaga yetishlari muhim ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirlar savol-javob koʻrinishida, jonli muloqot shaklida boʻlib oʻtmoqda. 

Ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar Toshkent shahri boʻylab davom etmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati