Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyati eng yaxshilardan deb baholandi

Joriy yilning 11-avgustida Adliya vazirligida “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va mazkur jarayonlarning monitoringi natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda vazirlik va idoralarning vakillari, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida 2023-yilning 1-yarim yillik davrida jamiyatda huquqiy ong 
va madaniyatni yuksaltirishga doir amalga oshirilgan loyihalar hamda davlat organlari va tashkilotlarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilindi.

Faoliyatni baholash natijalariga koʻra qoʻmitalar orasida Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyati eng yaxshilardan deb baholandi hamda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati