Navoiy viloyatida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 9 avgust kuni Navoiy shahridagi harbiy qismda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy qism shaxsiy tarkibi va xarbiy xizmatchilari ishtirokida “Ekstremizm va terrorizm kabi illatlarga karshimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa,  internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. 

Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilib, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligi ta’kidlandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati