Farg‘ona viloyatida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Shunday tadbirlardan biri “Farg‘ona Azot” MChJda bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar xatarli tahdidlardan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, muqaddas dinimizda insoniylikning eng oliy namunasi ilm-ma’rifat ulashish, yaxshilik qilish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Samimiy ruhda o‘tgan ochiq muloqot so‘ngida ishtirokchilar o‘z fikr mulohazalarini bildirib, xalqimiz, xususan, yoshlarimizning ma’naviy dunyosini boyitish yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib xizmat qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati