Mirzo Ulug‘bek tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Joriy yilning 7-8 avgust kunlari tumanda  ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

Mazkur tadbirlarda maktab o‘quvchilarining ota-onalari, uyushmagan yoshlar, savdogar va tadbirkorlar ishtirok etdilar. 

Targ‘ibotchi xotin-qizlar tomonidan tumandagi Avayxon, Minglola, Oqqo‘rg‘on, Munavvarqori va boshqa MFYlarda suhbatlar hamda psixologik treninglar o‘tkazildi.

Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar Toshkent shahri bo‘ylab davom etmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati