Yunusobod tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Tadbirda tinchlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, islom dinining mazmun mohiyati, ezgulik va insoniylik fazilatlari, o‘zbek milliy qadriyatlari hamda yosh avlodni milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqidagi ma’ruzalar tinglandi.

Alohida aytish mumkinki, mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning xotin-qizlar o‘rtasida ham bo‘lib o‘tayotgani va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilayotgani ushbu uchrashuvlarning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Toshkent shahri bo‘ylab davom etmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati