Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. 

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. 

Mazkur tadbirlar rejasiga muvofiq, tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi faoliyati hamda u yerda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar bilan tanishtirildi.