Joriy yilning 4 iyul oqshomida Jidda-Toshkent yoʼnalishi boʼylab yoʼlga chiqqan dastlabki guruh hojilarimiz:Toshkent shahrining 1, 2, 3, 4-guruhlari Ona Vatanimizga eson-omon yetib keldilar. 

 Hojilarimizni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʼyicha qoʼmita va Oʼzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari kutib oldilar.

 Hojilarimiz oʼzlari uchun ajratilgan maxsus avtobuslarga oʼtirib, yaqinlari kutib turgan manzil — «Novza» masjidi tomon yoʼl oldilar va katta xursandchilik bilan kutib olindilar. 

 Eslatib oʼtamiz, yurtdoshlarimiz joriy yil 4-22 iyulь kunlari Jidda shahridan Oʼzbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Fargʼona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladilar. 

Din ishlari boʼyicha qoʼmita 
Аxborot xizmati