Аvval xabar berganimizdek , shu yil 20 iyun kuni Oʼzbekiston delegatsiyasi Saudiya Аrabistonining Haj va umra vaziri taklifiga binoan Jidda shahrida oʼtkazilgan haj simpoziumida ishtirok etdi.

Mazkur anjumanda 50 dan ziyod davlatdan kelgan jami 500 nafar ishtirokchi qatnashdi, oʼnlab ilmiy-maʼrifiy maʼruzalar qilindi, yangicha xizmatlar va innovatsion loyihalar taqdimoti oʼtkazildi hamda mavzuga doir koʼrgazmalar namoyish etildi.

Eʼtiborlisi, ochilish marosimida haj-umra xizmatlari rivojlanish jarayonlari haqida koʼrsatilgan maxsus filьmda Haj va umra vazirligi bilan Oʼzbekiston oʼrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalariga alohida urgʼu berildi.

Xususan, 2022 yil avgust oyida Haj va umra vazirining yurtimizga kelgani va 2023 yil yanvar oyida esa Oʼzbekiston delegatsiyasining Saudiya Аrabistoniga tashrifiga oid lavhalar ishtirokchilarga namoyish etildi.