Saudiya Аrabistonida xizmat safarida boʼlgan Prezident maslahatchisi M.Komilov, Din ishlari boʼyicha qoʼmita raisi S. Toshboev Makka shahridagi “Roshidiya”, “Аbroj Dana”, “Laba Darna” va “Ruba al-Hijaz” mehmonxonalaridagi yurtimiz ziyoratchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

 Shuningdek, soha rahbarlari ziyoratchilarimiz bilan uchrashib, ularga koʼrsatilayotgan xizmatlar hamda yaratib berilgan sharoitlar borasidagi fikr-mulohazalarini tingladi. Yurtdoshlarimiz oʼzaro muloqotlarda mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik koʼrilgani, barcha imkoniyatlar muhayyo qilinganini yakdil eʼtirof etdilar. Qolaversa, ular haj ibodatlarini ado etish chogʼida har qadamda davlatimizning mehr va eʼtiborini, koʼmagini dildan his etayotganliklarini izhor etdilar...