Аyni kunlarda yurtdoshlarimiz Makkai mukarramada toat-ibodatlarini koʼtarinki ruh va kayfiyatda davom ettirmoqda.

 Ishchi guruh tomonidan ziyoratchilarimizning ibodati, sihat-salomatligi, risoladagidek istiqomat qilishi hamda vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taomlanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

 Xususan, Makka shahrida "Roshidiya", “Аbroj Dana”, “Laba Darna” va “Ruba al-Hijaz” mehmonxonalarida oʼzbekistonlik mohir oshpazlar ziyoratchilar uchun tansiq taomlar tayyorlab berishyapti. Ertalabki nonushta, tushlik va kechki taomda ikki xildan issiq ovqat va har xil meva-chevalar taqdim etilyapti. Masalan, ertalabki nonushtada issiq taomlar bilan birga tuxum, sariyogʼ, pishloq, asal, holva kabilar qoʼshimcha qilinsa, tushlik va kechki ovqatlanish ratsionidan hoʼl mevalar, salqin ichimliklar, qatiq va salatlar oʼrin olgan.

Bir soʼz bilan aytganda, ziyoratchilarimiz yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan mamnun boʼlib, duolar qilishyapti.