Saudiya Arabistonining markaziy nashri – “Аr-Riyoz” gazetasida oʼzbekistonlik ziyoratchilarni tantanali kutib olinishi, ibodat qilishga qulay sharoit yaratilgani va yuqori darajada xizmat koʼrsatilayotgani haqida maqola chop etildi.

Unda ziyoratchilarga xizmat koʼrsatuvchi “Tavofa” kompaniyasi raisi Muhammad Maajiniyning soʼzlari keltirilgan. U mavsumga barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilganini qayd etib, bu yil hojilar ibodatlarini mukammal ado etishi uchun munosib sharoitlarni hozirlash hamda ziyoratni emin-erkin ado etishlari uchun namunali xizmat koʼrsatishga jiddiy harakat qilinayotganini alohida taʼkidlagan.

 Oʼz navbatida, maqolada oʼzbekistonlik hojilar kutib olish, mehmonxonaga joylashish kabi yoʼnalishlardagi eng oliy darajada koʼrsatilayotgan xizmatlardan minnatdor ekani alohida bayon etilgan.

Maʼlumot oʼrnida, “Аr-Riyoz” gazetasi 52 sahifali kunlik nashr boʼlib, 150 000 adadda chop etiladi, alriyadh.com veb-saytidagi maʼlumotlar ham ommabop hisoblanadi.