Unda markaziy apparat, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda qoʻmita tasarrufidagi korxona va taʼlim muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi maslahatchisi Ilxom Maʼrupov  soʻzga chiqib maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha batafsil tushunchalar berdi.

Taʼkidlanganidek, tarixiy ulamolarimiz va ularning dunyo tamaddunidagi yuksak ahamiyatini bugun barcha davlatlar xalqlari eʼtirof etmoqda.

Shuningdek, yurtimiz va xorijda roʻy bergan ahamiyatga molik voqealar batafsil tahliliy tarzda tushuntirildi.

I.Maʼrupov yurtimizda hukmron boʻlgan tinchlikni qadriga yetish va uni saqlash har bir davlat xizmatchisining, har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligini taʼkidladi.