Chin o‘lkasidan kelgan minnatdorlik maktubi
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, fazilatli shayx Usmonxon Alimov hazratlariga!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 
Avvalo, Sizga va diniy idora xodimlariga shu yil 12 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Diniy idora raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan bilan tashkil etilgan muloqot uchun chuqur minnatdorlik izhor etamiz.
Xitoy Islom Assotsiatsiyasi raisi fazilatli shayx Hasan Yang Famin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston taraqqiyotiga va mamlakatingizdagi meros bo‘lib kelayotgan beqiyos islomiy madaniyatga ochiq-oydin guvoh bo‘ldi. Buyuk mamlakatingizdagi mehmondo‘st xalqingizning mahalliy urf-odatlari bilan tanishdik, O‘zbekiston xalqi va hukumatini chuqur hurmat-ehtiromini his etdik.
To‘liq ishonch bildiramizki, Rahbariyatingiz tomonidan bugungi kunda qilinayotgan sa’y-harakatlar sababli tez orada islohotlar davomiy va muvaffaqiyatli shaklda yuqori darajaga ko‘tariladi va O‘zbekiston hamda Xitoy o‘rtasida hamkorlik rishtalari rivojlanadi.
Fursatdan foydalanib, Xitoy islom assotsiatsiyasi muborak Ramazon oyi bilan Sizni va diniy idora xodimlarini chin dildan muborakbod etadi. Alloh taolo qilayotgan ibodatlarimizni O‘z dargohida husni qabul aylasin va hammamizga baxt-saodat ato etsin.

Xitoy islom assotsiatsiyasi, 
2018 yil 16 may