Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati Haj ziyorati jarayonini yanada yengillashtirish maqsadida turli loyihalarni amalga oshirmoqda. 

Shunday loyihalarda biri xalqaro aeroport terminallaridan avtobus va poyezdlarga chiqish vaqtini ikki soatdan 10 daqiqaga tushirish ekani ma’lum qilindi. Bu haqda “New Straits Times Press” nashri xabar qildi. 

Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirining o‘rinbosari doktor Abdulfattoh Sulaymon Mashatning aytishicha “Aeroportlardagi kutish vaqti talablarga javob bermaydi. Bugun biz ziyoratchilarning pasportlarini qo‘lda ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqdamiz. Yaqin yillarda RFID elektron darvoza tizimini joriy etishni rejalashtirmoqdamiz”. 

Smart Haj loyihasining asosida esa kutish vaqtini qisqartirish turgani qayd etilgan. 

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, 2018 yildan boshlab yangi jarayonlarga kirishiladi, yuklarni tashish, pasport va aeroport bilan bog‘liq jarayonlar qayta ko‘rib chiqiladi. 

E-Haj visa tizimi Malayziya, Hindiston va Indoneziya bilan muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan va bu barcha mamlakatlarga nisbatan joriy qilinadi. Buning natijasida 2030 yilga qadar hozirgi 7 millionlik umrachilar soni 30 millionga yetkazilishi maqsad qilingan. O‘z navbatida 3 millionda 4,5 millionga yetkazilishi rejalashtirilgan.

O‘MI matbuot xizmati