M.Qodirov

Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag'ishlanadi

Agar tinchlik-osoyishtalik bo'lmasa, mehr-oqibat bo'lmasa, biz orzu qilgan va intilayotgan erkin va
farovon hayotni qurib bo'lmaydi
I.Karimov

Mamlakatimiz xalqi murakkab tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Barcha qiyinchilik, jabr-zulm va
adolatsizliklarga qaramay, buyuk ajdodlarning munosib avlodlari, jahonga dovrug'i ketgan mashhur
allomalarning qonuniy vorislari ekanini hartomonlama isbotladi. Allohning lutfi karami ila aziz
va muqaddas istiqlolga erishdi. Nurli kelajak sari katta ishonch bilan qaramoqda va ulug' orzularga
yetmoqda.

1992 yil 8 dekabr` kuni  ona diyorimizda yashovchi barcha xalqlar hayotida muhim voqea bo'lgan Asosiy
Qonunimiz qabul qilindi. Ma'lumki,  Qonunimizda inson omilining, inson huquqi, sha'ni va qadr-
qimmatining eng oliy qadriyat, deb belgilab qo'yilgani bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar tufayli o'z isbotini topmoqda. Unga asosan olib borilayotgan faoliyat va say
-harakat o'zining ijobiy natijalarni bermoqda. Bunday holni mamlakatimiz musulmonlari ham diniy,
ma'rifiy qadriyatldarni qayta tiklanishi borasida ham shohid bo'lmoqdalar.
Asosiy Qonunimizda jinsi, millati, dini, irqi, yoshi, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi kabi
omillarga ko'ra inson huquqlarini muayyan darajada kamsitadigan birorta ham moddaning yo'qligida,
o'ylaymizki, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz va bebaho
an'analarimizning beqiyos o'rni bor. Ming yilliklar davomida ajdodlarda avlodlarga, ota-onalardan
farzandlarga, vorislarga o'tib kelayotgan va dunyoning hech bir burchagida takrorlanmaydigan ajoyib
munosabatlarning, insoniy fazilatlarning Asosiy Qonunimizdan o'rin egallagani tahsinga sazovor.
Diyorimizning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi mo'min-musulmonlar ushbu Qomusda belgilab
qo'yilgan huquq va erkinliklardan keng va bemalol foydalanmoqdalar. 1998 yil 1 mayda qabul qilingan
yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”- gi Qonunga asosan diniy
tashkilotlarning huquqiy maqomi belgilab berildi. Mazkur qonunning 5-moddasi e'tiqod sofligi,
diniy bag'rikenglikka asoslangandir. Hozirda yurtimizda 2000 mingdan ziyod zamon talabiga javob
beradigan masjidlarimiz hamda Toshkent islom instituti va 8 ta o'rta maxsus islom bilim yurtlari
faoliyat yuritib kelmoqda.
Diyorimiz mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol haqidagi azaliy orzu-umidlarimiz amalga oshdi.
Natijada asriy qadriyattlarimiz tiklandi va rivojlanib bormoqda. Madaniyatimiz, dinimiz o'zining
tabiiy-tarixiy, milliy va diniy asoslariga qaytmoqda. Ayniqsa, ma'naviy merosni o'rganish,
ajdodlarimiz qoldirib ketgan turli sohalardagi asarlarini ommalashtirish, buyuk allomalar, ulug'
ajdodlarimizning muborak nomlari va ijodining xalqqa qaytarib berilishi, ona tili va dinimiz
rivojlanishi uchun sharoit yaratilgani o'zbek xalqi, xususan, musulmonlar uchun buyuk xaloskorlik va
millatning kelajak taraqqiyoti uchun qudratli kuch-omil bo'ldi. Zero, Alloh taolo ta'kidlab aytgan:
“U imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni (duolarini) ijobat qilur va ularga O'z fazlidan
ziyodalik ato qilur...” (Sho'ro, 26).
Mustaqil ona diyorimizda yashovchi barcha xalqlar tomonidan iqror qilingan Asosiy Qomusimizda inson
huquqlari, burch va vazifalari kabi Vijdon erkinligi ham alohida belgilab qo'yilgan. Asosiy
Qomusimizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy
singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, deb alohida ta'kidlangan.
Alloh taola marhamat qilib aytgan: "Dinda zo'rlash yo'q, zero, to'g'ri yo'l yanglish yo'ldan ajrim bo'ldi...”
(Baqara, 256).
Diyorimizda amaldagi qonunlar asosida turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan
fuqarolar, har xil e'tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat
o'rnatilishi o'rnatilgan, diniy va o'zga mutaassiblik, ekstremizm, munosabatlarni qarama-qarshi va
keskinlashtirishga, turli din vakillari o'rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-
harakatlarga yo'l qo'yilmaydi.
Milliy Qomusimiz moddalarida nafaqat xalqchil tamoyillarga, balki ming yillar davomida
rivojlanib kelgan milliy ma'naviyatimiz asoslariga ham tayanadi.
Ming afsus bo'lsinki, asosiy Qomusimizning ayrim moddasini qupol ravishda buzish hollari ham
uchramoqda. Ular g'arazli harakatlarini turli faoliyatlar orqali amalga oshirishmoqda. O'zlarining
bunday nopok maqsadlarini yoshlar o'rtasida, ayniqsa, hech bir diniy ma'lumoti bo'lmagan yoki turli yot
ta'sirlarga beriluvchi ayrim sodda fuqarolar orasida yoyishga o'rinishmoqda. Natijada ular aldanib, o'z
imon-e'tiqodlaridan mahrum bo'lib, ikki dunyo saodatini qo'ldan boy berib qo'yishmoqda.
Shu munosabat bilan yurt tinchligi qadriga yetib barchani ogohlikka, qadriyatlarimiz va u bilan bog'ilq
bo'lgan tarixiy boy merosimizni kelajak  avlodlarimizga, aziz farzandlarimizga to'la-to'kis ravishda
yetkazishga chorlaymiz.