Haj va Umra vazirligi Haj ibodatini ado etish istagida boʻlganlarni ogohlantirdi

Saudiya Arabistoni Haj ibodatini ado etish uchun bir qator mamlakatlardagi ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz xizmatlarini reklama qiluvchi soxta Haj kampaniyalari qurboni boʻlib qolmaslikdan ogohlantirdi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha  Haj qilish faqat Haj vizasini olish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda, har bir davlat uchun ajratilgan kvota asosida Haj ishlari tashkil etiladi.

Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. “Haj” faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi.

Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang!

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati