Din ishlari bo'yicha qo'mitada "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi "O'zbekiston - 2030 strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" PF-37-son farmoniga muvofiq ekologiyaga avtomobil chiqindi gazlarining zararli ta'sirini kamaytirish maqsadida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini qisqartirish vazifasi belgilangan.

Shunga ko'ra, joriy yilnng 29-mart kuni Din ishlari bo'yicha qo'mitada "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi o'tkazildi. Mazkur loyihada Qo'mita rahbar-xodimlari faol ishtirok etishdi.

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, Fransiya (har oyning 1-yakshanbasi), Indoneziya  (har yakshanba), Ruanda (har oyning 1- va 3- yakshanbalari) poytaxtlarida "avtomobilsiz kun" tadbiri muntazam ravishda o'tkaziladi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati