Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining yigʻilishi boshlandi

Bugun, 25-noyabr kuni poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boshlandi.

Mazkur uchrashuvda jahonda dolzarb boʻlib turgan bir qator  masalalarga alohida eʼtibor 
qaratildi.

Ayniqsa, ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik kabi illatlarga qarshi hamkorlikda kurashish, islomofobiyaga murosasiz boʻlish kabi  masalalar muhokama etildi. Shuningdek, musulmon ummati uchun eng muhim boʻlgan masalalar hamjihatlikda koʻrib chiqildi. 

Mazkur muammolarni hal etishning yagona yoʻli birdamlikda harakat qilish,  oʻzaro aloqalarni mustahkamlash ekani barcha muftiylar tomonidan taʼkidlandi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

25.11.2023.