Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan barcha xorijiy doʻstlarimiz va sheriklarimizga YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisidagi tarixiy qarorni qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. 

Mintaqamizda birinchi marta oʻtadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston boʻlajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi.