“Bagʻrikeng Oʻzbekiston – umumiy uyimiz”

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13–19-noyabr kunlari yurtimiz boʻylab Bagʻrikenglik haftaligi oʻtkaziladi. 

Ushbu haftalik doirasida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Bagʻrikeng Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida Xalqaro press-klub boʻlib oʻtdi. 

Unda bir qator tashkilotlar, milliy madaniy markaz rahbarlari va konfessiya vakillari ishtirok etdi. 

Spikerlar mamlakatimizda olib borilayotgan  millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik  siyosatiga yuqori baho berib, yurtimizda keng nishonlanadigan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi doʻstlik rishtalarining  rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlashdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

13.11.2023.