Shofirkon tumanida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar keng koʻlamda va katta qamrovda boʻlib oʻtmoqda. 

Ushbu tadbirlarda mutaxassislar tomonidan bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida gʻoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratayotganligi, mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda maʼnaviyat va maʼrifatga alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etishi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi. 

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida Buxoro viloyatida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati