Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Аrabistoni Podshohi Salmon bin Аbdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʼldi.

Tashrif dasturiga muvofiq davlatimiz rahbari 19 iyulь kuni Jidda shahrida “Markaziy Osiyo - Koʼrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etdi va nutq soʼzladi. Tadbir doirasida Saudiya Аrabistoni Valiahdi, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Davlatimiz rahbari muqaddas Makka shahriga borib, umra amallarini ado etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning amaliy tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʼnab ketdi.