Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Аrabistonida boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev muqaddas Makka shahriga bordi.

19 iyulь - islom olamida boshlangan hijriy 1445 yil muharram oyining birinchi kunida davlatimiz rahbari ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Kaʼbatullohning ichida namoz oʼqish sharafiga muyassar boʼldi.

Shavkat Mirziyoev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita saʼy qildi. Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, barcha yurtdoshlarimiz, yosh avlodimiz baxtu iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi.

Taʼkidlash joizki, aynan shu kuni Kaʼbaning kisvasini almashtirish marosimi boʼlib oʼtdi.