Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Oʼzining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-maʼrifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptirish, muqaddas dinimizning ulugʼ insoniy gʼoyalarini xalqimizga yetkazish, mashhur ulamolarimizning bebaho asarlarini chuqur tadqiq etish, turli mamlakat va oʼlkalarda keng targʼib qilish borasidagi koʼp yillik samarali mehnati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yoʼlga qoʼyish, millat va elatlar oʼrtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qoʼshgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʼlidagi alohida xizmatlari uchun Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlansin.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev