Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Gʼoyat murakkab tarixiy sharoitda faoliyat koʼrsatib, mamlakatimiz va mintaqamizda islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu gʼoyalarini el-yurtimizga bezavol yetkazish, buyuk ulamo va mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy merosini turli millatlar va elatlar orasida keng targʼib etish borasidagi koʼp yillik ibratli faoliyati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yoʼlga qoʼyish, oʼzaro doʼstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash ishlariga qoʼshgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ezgulik va maʼrifat, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʼlidagi yuksak xizmatlari uchun Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlansin.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev