Bugun, 26 iyun kuni Makka shahridagi oʼzbekistonlik ziyoratchilar oʼzlari turgan mehmonxonalarda ehrom bogʼlab, Mino vodiysiga yoʼl oldilar.

 Bahavo, keng va tekis hududda qad koʼtargan mazkur chodirlarning har biri yumshoq oʼrinlar, sovutkichlar bilan jihozlangan. Ozoda, saranjom-sarishta ushbu maskanda har qadamda salqin ichimliklar bilan toʼldirilgan maxsus idishlarni koʼrish mumkin. Chodirlar oldiga qoʼyilgan samovarlarda choy qaynab turadi. Mino vodiysida ziyoratchilarimiz faqat duo va ibodat bilan mashgʼul boʼladilar.

Eslatib oʼtamiz, ayni paytda hojilarimiz guruh rahbarlari boshchiligida Mino maydoniga borib, Oʼzbekiston hojilari uchun ajratilgan chodirlarga toʼliq joylashtirish ishlari yakuniga yetib qoldi. 

Safar bilan bogʼliq jarayonlarni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.

Din ishlari boʼyicha qoʼmita
Аxborot xizmati