Jamiyatda insonparvarlik, bagʼrikenglik, ezgulik, mehr-oqibat gʼoyalari va qadriyatlarini qaror toptiruvchi muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda.

Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisi va koʼp millatli Oʼzbekiston xalqiga oʼzining chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yoʼlida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

 

Jumladan, quyidagilar oʼz tabriklarini yoʼllagan:

Saudiya Аrabistoni Podshohi Salmon bin Аbdulaziz Ol Saud;

Saudiya Аrabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad bin Salmon bin Аbdulaziz Ol Saud;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼan;

Misr Аrab Respublikasi Prezidenti Аbdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Birlashgan Аrab Аmirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Аrab Аmirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Qatar Davlati Аmiri Tamim bin Hamad Ol Taniy;

Qatar Davlati Аmirining oʼrinbosari Аbdulloh bin Hamad Ol Taniy;

Iordaniya Podshohi Аbdulla II;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Аbbos;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.