Hukumat qarori bilan joriy yildan Umra mavsumi yil bo'yi uzluksiz davomlanishi e'lon qilindi. Avvallari muayyan ziyoratchilargina Umra safariga otlangan bo'lsa hozirda bu cheklovlar olib tashlandi.  Shu paytga qadar har yili 5 ming yurtdoshimiz haj safariga va 6 mingi umra ziyoratlariga borganini inobatga olsak, o‘zbekistonliklarning diniy ibodatlarni amalga oshirishi uchun cheklovning olib tashlangani bugungi rivojlanish talablariga hamohang takomillashtirib borilayotganidan dalolatdir. 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha, ya’ni 1943-1991-yillarda bor-yo‘g‘i 140 nafarga yaqin yurtdoshimiz muborak haj safariga borish baxtiga musharraf bo‘lgan. 

2019-yildan boshlab yiliga  ming minglab vatandoshimiz umra amallarini bajarish imkoniga ega bo‘ladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan marosimda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o'rinbosari Nurimon Abulhasan mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, jumladan, joriy etilayotgan qulayliklar yurtdoshlarimizning ko‘nglini ko‘tarib, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik va bag‘rikenglik muhitiga shukronalik keltirishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Boshlangan Umra mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rildi. Ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Haj va umra amallarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatish ishlari muvofiqlashtirib borilayotir. 

Haj ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etish, bu boradagi tartib-qoidalar, shuningdek, safar talablari xususida tushuntirish berish maqsadida joylarda ziyoratchilar guruhlari uchun safaroldi uchrashuvlari tashkil etildi. 

Vatandoshlarimiz Madina shahridagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganidan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladi. Ziyoratchilar uchun mavsum davomida 5 yulduzli mehmonxona, oshxona va transport xizmatlari yuqori saviyada tashkil etiladi.