Din ishlari bo'yicha qo'mita xodimlari tomonidan ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etmoqdalar

Joriy yilning 18 noyabr` kuni, soat 11.00 da O'zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi
rejasiga asosan Toshkent temir yo'l uzeli majlislar zalida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurash hamda fuqarorlar va yoshlarni diniy ekstremistik g'oyalar ta'siriga tushib qolishdan saqlash”
mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Tadbirda “O'zbekiston temir yo'llari” Aktsiyadorlik jamiyati
xizmatchilari hamda transport kolleji o'quvchilaridan iborat 240 nafar ishtirokchi qatnashdi.

  Tadbirni O'zbekiston respublikasi prokuraturasi bo'lib boshlig'i Bahrom Nazarov kirish so'zi bilan
ochib berdi. So'ngra Din ishlari bo'yicha qo'mita xodimi J.Djuraev ma'ruza bilan chiqish qildi.
Ma'ruzada quyidagi mavzular yoritildi:
- ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizm tushunchalari, “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” g'oyalarininng asl
talqini hamda ularning ekstremitik guruhlar tomonidan noto'g'ri qo'llanilishiga ilmiy asosli hamda
misollar orqali raddiyalar;
- hozirgi kunda butun dunyoda faollashgan, xususan Yaqin Sharq mintaqasida tinchlikka tahdid solayotgan
turli terrorchi guruh va oqimlar, ularning kelib chiqish sabablari va asl ildizlari, ular tomonidan
amalga oshirilayotgan jinoyatlarni ochib beruvchi va kirdikorlarini fosh etuvchi ma'lumotlar;

- terrorchi guruhlar o'z saflariga insonlarni jalb qilishda foydalanayotgan usullar, internet tarmog'i,
ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa vositalari ilovalarida DEO g'oyalarini targ'ib qiluvchi
materiallarni saqlash va tarqatishning oqibatlari;
- tinchlik ne'matining qadriga yetish, shukronlalik va bu yo'lda birdamlik asosida bor imkoniyat bilan
harakat qilish.
Mavzu slayd orqali tushuntirib berildi. Tadbirda DEOlarning asl qiyofasini fosh etuvchi va ular
tomonidan bo'layotgan tahdiddan ogohlantiruvchi hujjatli fil`m namoyish etildi.
Ishtirokchilar mavzuga diqqat bilan yondashdilar, uchrashuv mazmunli va qiziqarli o'tdi.

Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati