Noislomiy diniy tashkilot vakillari bilan uchrashuv

Joriy yil 20 noyabr` kuni Buxoro shahrida Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlarida noislomiy diniy
tashkilotlar rahbarlari bilan O'zbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risida"gi Qonun ijrosiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Din ishlari buyicha qo'mita, Adliya boshqarmalari va IIV hududiy boshqarma vakillari
ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan asosiy maqsad diniy tashkilotlarning to'laqonli faoliyat olib borishlarida ko'maklashish
bo'ldi.
 Seminarda ma'ruzachilar tomonidan O'zbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni va 2014 yil 20 yanvar` kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining
“Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga
oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori mazmun-mohiyati to'g'risida
batafsil tushuncha berildi.
Eslatib o'tish o'rinliki, bu kabi seminarlar respublikaning boshqa hududlarida ham o'tkazib borish
rejalashtirilgan.
Uchrashuv so'ngida diniy tashkilotlar rahbarlarini qiziqtirgan savollariga to'laqonli javoblar
berildi.
Tadbir yakunida diniy tashkilotlar vakillari tomonidan mazkur anjumanning tashkil etilishi uchun
minnatdorchilik bildirildi hamda bunday muloqotning davom ettirilishiga ishonch bildirib qolindi.

Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati