Dinshunoslik ekspertizasi bo'limi


Dinshunoslik ekspertizasi bo'limi Qo‘mita apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Dinshunoslik ekspertizasi bo‘limining (kelgusida - Bo‘lim) faoliyati ustidan nazorat Qo‘mita raisi tomonidan olib boriladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risida” nizom, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 yanvardagi “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 10-son qaror va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘limni Qo‘mita raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. Bo‘lim Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari

Bo‘limning asosiy maqsadi davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishni, respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, SD, DVD va boshqa disklarni) ekspertizadan o‘tkazishi tashkil qilish.

Bo‘lim:

Noislomiy diniy tashkilotlar tomonidan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonun va sohaga doir boshqa qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;

noislomiy diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishida zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi va ularning ro‘yxatga olinish jarayonini nazoratini amalga oshiradi;

davlat organlari va muassasalari bilan respublika hududida rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan noislomiy diniy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatilishini ta’minlash;

diniy tashkilotlarning ibodat marosimlarida o‘qiladigan ma’ruzalar O‘zbekiston hukumatining ichki va tashqi siyosati, jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan muvofiq bo‘lishini nazorat qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan noislomiy diniy tashkilot a’zolarining erkin ibodat qilishi, diniy va milliy rasm-rusumlarni ado etishi, muqaddas joylarga ziyoratlar uyushtirish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qilish;

noislomiy tashkilotlar, ayniqsa, diniy sektalar tomonidan missionerlik harakatlari olib borilishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etish;

o‘rnatilgan tartibda respublikaga olib kelinayotgan adabiyot, video va audiokassetalarni nazorat qilish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa vakolatli tashkilot, idoralar tomonidan taqdim etilgan materiallar yuzasidan ekspertlik xulosalarini tayyorlash;

respublikada nashrga tayyorlangan diniy adabiyot, asar, matbuotda yoritiladigan diniy mavzuga doir maqolalar, televideniye orqali namoyish etiladigan ko‘rsatuvlar mazmun-mohiyatini o‘rganish va ular haqida ekspertlik xulosalarini berish;

Qo‘mita raisining topshirig‘iga asosan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bo‘limning huquqlari va javobgarligi

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

bo‘limga yuklatilgan vazifalar doirasida qo‘mita nomidan vakillikni ta’minlash va muzokaralar olib borish;

topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning boshqa bo‘limlari bilan muntazam teng huquqli hamkorlik qilish;

bo‘lim xodimlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, haq to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va ma’muriy jazo bo‘yicha chora ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish;

qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa huquqlarga ega.

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

Qo‘mita raisining topshiriqlarini o‘z vakolat doirasida vaqtida bajarish;

qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizom asosida ish yuritish, bo‘limga yuklangan vazifalar va masalalarning ijro etilish;

bo‘lim xodimlarining mas’uliyat darajasini lavozimlar yo‘riqnomasida belgilash;

Qo‘mita tomonidan ajratilgan barcha moddiy-texnik va boshqa vositalarni saqlash va samarali ishlatish;

faoliyat va vazifalarni o‘z vakolat doirasida belgilangan muddatda bajarishga majbur.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va bo‘limga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.