Andijon viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muxitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini manzilli tashkil etishlik, aholi ma’rifiy-Islomni sof holda yetkazishlik borasida imom-xatiblar oldida turgan dolzarb vazifalar, imom-xatiblarning ish faoliyatidagi samaradorligini yanada oshirishlik maqsadida joriy yilning 21-may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakilligida Shahrixon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.Akramov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Xalqaro Islom Akademiyasi rektori N.Ibrohimov, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari R.Mamadaliyevlar qatnashdi.

Yig‘ilishda davomida notiqlar tomonidan imom-xatiblarga amalga oshiriladigan ishlari yuzasidan bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Andijon viloyati vakilligi