Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rajab Tayyip Erdog‘an Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdi.

Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qal’a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi. 

Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat o‘lkashunoslik muzeyi bilan tanishdi, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni ko‘zdan kechirdi.