Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra:
Samarqand shahriga Navro‘z bayrami arafasida ko‘p sayyoh tashrif buyurishi inobatga olinib, 87 ta mehmonxonada 3200 ta joy band qilindi, sayyohlar uchun 40 dan ortiq oshxona, restoran va kafelar shay holatga keltirildi.
Samarqand shahridagi 79 ta mehmonxonaga 2 ming 93 nafar xorijiy, 5 ming 211 nafar mahalliy mehmonlar joylashtirildi. 174 nafar Qozog‘iston, 1 ming 832 nafar Tojikiston fuqarolari o‘z qarindosh-urug‘lari xonadonida mehmon bo‘lishdi.
Registon maydonida 5 kunda sayyohlar soni 36 ming nafarni (2 ming nafari xorijiy), Imom Buxoriy majmuasida 24 ming nafarni tashkil etdi.
“Zarafshon” nashri bildirishicha, ekskursiyalar bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarda turistik firmalar tomonidan yo‘l, transport, ovqatlanish va gid-tarjimonlarni biriktirishda imtiyoz va chegirmalar asosida xizmatlar ko‘rsatildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati