BAYRAM TABRIGI

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyati va jamoasi yurtimizning alp oʻgʻlonlarini, Vatan himoyasidek ulugʻ ishga bel bogʻlagan, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yoʻlida xizmat qilayotgan azmu shijoatli harbiylarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi. 

Ona Vatanga xizmat qilish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini taʼminlash, mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish va jasorat bilan xizmat koʻrsatish Siz oʻgʻlonlar chekida ekan, qaddingiz tik, gʻururingiz baland boʻlsin. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati