O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun tashkil etildi. 

O‘quvlarga turli vazirlik va idoralardan mas’ul xodimlar hamda sohaning malakali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov tomonidan “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining sohadagi mas’uliyati, joylarda amalga oshirilishi belgilangan ishlar dasturi, ijro intizomi, fuqarolar bilan ishlash va hududlarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari, diniy tashkilotlar faoliyati, targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etish mexanizmlari  bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimi N.Alixanova tomonidan “Sog‘lom turmush tarziga amal qilishda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur dars mashg‘uotida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri ovqatlanish gigiyenasi va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish masalalari borasida tavsiyalar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

Din ishlari boʼyicha qoʼmita 
Аxborot xizmati