Shu kunning oʼzida, soha rahbarlari kam taʼminlangan oilalar uchun yozilgan iftorlik tadbirida ishtirok etdilar.

Tadbirda muborak Ramazon oyining fazilatlari, diniy sohadagi oʼzgarishlar, bugungi kunda inson qadrini ulugʼlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida suhbat qilindi.

Xususan, ayni kunlarda hududlarda kam taʼminlangan oilalarga iftorlik tadbirlari tashkil etilayotgani, ayrim ehtiyojmand insonlarning umra safariga borib kelayotgani alohida qayd etildi.

Mazkur tardbirda kam taʼminlangan oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi sovgʼalar ulashilib, qalblariga quvonch ulashildi.

Din ishlari boʼyicha qoʼmita
Аxborot xizmati