Bugun, 6 fevral kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda BMT UNICЕF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar bo'lib o'tmoqda. 

Mazkur seminarda Xorazm viloyati vakilligi imom-xatiblari va otinoyilari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ta'kidlash kerakki, UNICEF O‘zbekistonda 1994-yildan  buyon samarali faoliyat yuritib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish masalalari UNICEFga taqdim etilgan.

Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va BMT UNICЕF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o'rtasida, aynan, ushbu yo'nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolangan edi.

Bugungi seminar ham mazkur Memorandumda belgilangan hamkorlik doirasida tashkil etilmoqda.

Din ishlari bo'yicha qo'mita Axborot xizmati