Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Dastlab, yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar haqida muxtasar ma’lumot berildi.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan “Konstitutsiya - xalq farovonligi va yurt tinchligi asosi" va  “Davlat xizmatida boshqaruv madaniyati va etika qoidalari” kabi mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Mazkur o‘quv soati materiallari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ijtimoiy tarmoq sahifalari hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasida e’lon qilinmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati