Avval xabar berib o'tganimizdek, respublikamizning turli shahar va tumanlarida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Jumladan, kuni kecha Buxoro va Toshkent viloyatida sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari, ijodiy va madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilari, otinoyilar va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Vatanga bo'lgan muhabbat,qadimiy, boy tariximizni qadrlash, ota-bobolarimizga munosib avlod bo'lish, yoshlarimiz ongida va qalbida mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni kuchaytirish muhim oʻrin tutishi haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, uchrashuvda tinchlik va osoyishtalik, shukronalik neʼmati, dinimizning asl mohiyatidan yiroq oqimlarga bilmasdan ergashib ketish holatlari va ularning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi. Tadbir doirasida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

 

Din ishlari bo'yicha qo'mita Axborot xizmati