Talabalik inson hayotining oltin davri hisoblanadi. Ayni paytda yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan, barcha oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda so'zga chiqqanlar yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi hamda 2022/2023-o‘quv yili bilan tabrikladi.  

Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda barcha oliy va o'rda maxsus islom bilim yurtlarida 2022/2023-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. 

Darslar davomida professor-o‘qituvchilar istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruzalar qilindi.

Din ishlari bo'yicha qo'mita Axborot xizmati