Bugun 24 dekabr kuni kechasi Toshkentning Rim-katolik, cherkovida “Rojdestvo” diniy bayrami munosabati bilan ibodat marosimlari bo’lib o’tdi.
Ibodat marosimlarini cherkov rahbari olib bordi. Din peshvosi ibodatda ishtirok etganlarga Rojdestvo bayrami tarixini, tinchlik, bag`rikenglik mohiyati, O’zbekistonda diniy marosim va ibodatlarni o’tkazish uchun yaratilayotgan sharoitlar to’g`risida aytib o’tdi. Nasroniylar musulmonlar bilan bir qatorda o’z bayramlarini nishonlashga muvaffaq ekanlaridan mamnunligini izhor qildi. O’zbekistonda diniy va milliy bag`rikenglik muhim masala ekanini davlat qonunchiligi tomonidan barcha diniy tashkilotlarning tengligi kafolatlangani jihatidan ko’rish mumkinligi to’g`risidagi fikrlari ham joy olgan.
Ma’lumki, O’zbekistonda barcha din vakillariga o’z diniy marosim va bayramlarini o’tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Rim-katolik cherkovining qayta ta’mirdan chiqqani O’zbekistonda islom diniy tashkilotlari qatorida boshqa noislomiy tashkilotlarga e’tibor ko’rsatilayotganiga dalolat qiladi.
Din ishlari bo`yicha qo`mita Matbuot xizmati