Bugun (19.01.2012 y.) O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Respublika baynalmilal madaniyat markazining 20-yilligia bag`ishlangan “O’zbekiston msutaqilligi – millatlaaro munosabatlar rivojida yangi davr” mavzuida ilmiy-amaliy konferenstiya bo’lib o’tdi.
Konferenstiyada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akdemiyasi, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi ishtirok etdilar. Tadbirga Diplomatik korpus, diniy tashkilotlar rahbar vakillari ham ishtirok etishdi.
Konferenstiyada O’zbekistonda millatlararo munosabatlar rivojlanishi uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar, millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati, millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasidagi yutuqlar, milliy va diniy bag`rikenglik tamoyillarining tarixiy ildizlari kabi mavzular yoritildi, fikr-mulohazalar bildirildi.
Xususan, Turkmaniston Respublikasining O’zbekistonda Favqulodda va Muxtor elchisi, Duayen S.P.Pirmuhamedov, O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Toshkent va O’zbekiston Mitropoliti Vikentiylar O’zbekistonda millatlaaro munosabatlar, turli millat va elat vakillari o’z milliy va madaniy urf-odatlarini qo’llab quvvatlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgani, va millatlararo munosabatlar siyosati bugungi kunda boshqa davlatlarda ham o’rnak bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlashdi.
Konferenstiya davomida barcha ishtirokchilarga “Yagona oilada” nomli film namoyish etildi.
Din ishlari bo`yicha qo`mita Matbuot xizmati