09.02.2012

Mustahkam oila – jamiyat tayanchi

D.Yunusova - Din ishlari bo`yicha

qo`mita mutaxassisi

«O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g`risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug`lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-esonligi to’g`risida g`amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining  gavharidir».

Islom Karimov


Darhaqiqat, oila jamiyatning ajralmas bir bo’lagidir. Chunki jamiyat oilalardan tashkil topadi, oila esa shaxslardan. Shu jihatdan olib qarasak, jamiyat, oila va shaxs uzluksiz silsila bo’lib, ularning har biri boshqasidan ayri holda mukammal bo’la olmaydi. Oila qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyat ravnaqiga shu darajada mustahkam poydevor bo’ladi. Joriy yilga Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Mustahkam oila yili”, deb nom berilgani o’zbek xalqining oiladek muqaddas maskanga bo’lgan yuksak e’tiborining yorqin misolidir.
 Mustaqillik yillarida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida  ko’plab tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbekistonda 6 million 300 mingdan ortiq oila mavjud. Respublikamiz Konstitustiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo’g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan. Oilalar tinch-totuv yashashsa, jamiyatga keltiradigan yutuqlar ham ko’payadi, farzandlar yaxshi tarbiya oladi. Oilaga g`amxo’rlik qilish va unga har taraflama moddiy va ma’naviy yordam berish, insonparvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratilishi, ya’ni 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksining qabul qilinishi jamiyatimiz rivoji uchun oila mustahkamligi yo’lidagi muhim qadamlardan biri bo’ldi.
Hozirgi zamon olimlarining fikricha, insoniy hayot kechirishning birdan-bir to’g`ri yo’li oilaviy hayotdir. Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi hisoblanadi. Shuningdek, oila muhim tarbiyachi hamdir. Oilada bolalar tarbiyasi uchun ota-bobolar va  momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o’tgan yaxshi udum, odatlar mavjud bo’lib, ularni asrab-avaylash, yosh avlodga etkazib berish oldimizda turgan muhim vazifalaridan biridir.
Insonlar o’rtasidagi munosabatlar ichida eng muqaddasi nikoh hisoblanadi. Nikoh bilan qurilgan oilaning saodati va bardavomligi ham er, ham ayol tarafidan bo’ladigan o’zaro bir-biriga samimiy munosabati, ularning odobi, axloqi, shaxsiy fazilatlari bilan chambarchas bog`liqdir.
Nikoh rishtasini o’rnatish uchun  ko’plab qonun-qoida, urf-odat va an’analarga suyanib, amal qilib kelingan. Yillar o’tib, zamonlar o’zgargani sari, urf-odat va an’analarimiz ham  o’zgarib bormoqda. Shunday yangi o’zgarishlardan biri respublikamizda nikoh shartnomasining joriy qilinganini misol qilib keltirishimiz mumkin. Aslida nikoh shartlari xalqimiz uchun yangilik bo’lmay, balki  diniy e’tiqodimizga ko’ra, shar’iy nikoh shartlari bo’yicha, kelinga mahrdan tashqari nikoh ahdi tuzilgach, nafaqa ham berilishi va shunga o’xshash qadriyatlarni unutayozgan edik. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, barcha davrlarda va har bir jamiyatda zamon, makon va turli irqlardan qat’i nazar, nikoh muqaddas hisoblanib kelingan. Shu bois oila qurish marosimi doimo tantanali nishonlanganini ko’rishimiz mumkin. Albatta, bunday nishonlanish har qanday oila qurayotganlarda o’z jufti va bo’lajak oilasi oldida  muayyan burchlari borligini eslatib turgan.
Islomning dastlabki davrlarida  nikoh tartibi johiliyat davridagi oilaning huquqiy munosabatlariga tanqidiy yondashgan holda batafsil ishlab chiqilgan. Johiliyat davrida bir erkak istagancha ayol bilan nikohda bo’lib, ularning hammasiga ham birday muomalada bo’lmagan. Qur’oni karim nozil bo’lgach, nikoh shartlari oydinlashdi va  nikohlanuvchilar o’zaro haq-huquqlarini bilgan holda oila qurishlari zarurligi to’g`risida  oyatlar tushirilgan. Nikoh masalasi har bir kishi, oila, jamiyat va davlat, butun insoniyat uchun muhim ekanini hamma biladi. Chunki bu amaliy hayotda o’ta muhim bo’lib, halol va haromga, oila tashkil qilishga, kelajak avlodning dunyoga kelishiga va uning tarbiyasiga bog`liq masaladir. Shuningdek, u eru xotinlarning haq-huquqlari va majburiyatlari, ularga amal qilish, oilani tashkil etish, boshqarish, qolaversa, saodatli qilish bilan bog`liq masaladir.

Darhaqiqat, oila jamiyatning ajralmas bir bo’lagidir. Chunki jamiyat oilalardan tashkil topadi, oila esa shaxslardan. Shu jihatdan olib qarasak, jamiyat, oila va shaxs uzluksiz silsila bo’lib, ularning har biri boshqasidan ayri holda mukammal bo’la olmaydi. Oila qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyat ravnaqiga shu darajada mustahkam poydevor bo’ladi. Joriy yilga Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Mustahkam oila yili”, deb nom berilgani o’zbek xalqining oiladek muqaddas maskanga bo’lgan yuksak e’tiborining yorqin misolidir.  Mustaqillik yillarida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida  ko’plab tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbekistonda 6 million 300 mingdan ortiq oila mavjud. Respublikamiz Konstitustiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo’g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan. Oilalar tinch-totuv yashashsa, jamiyatga keltiradigan yutuqlar ham ko’payadi, farzandlar yaxshi tarbiya oladi. Oilaga g`amxo’rlik qilish va unga har taraflama moddiy va ma’naviy yordam berish, insonparvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratilishi, ya’ni 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksining qabul qilinishi jamiyatimiz rivoji uchun oila mustahkamligi yo’lidagi muhim qadamlardan biri bo’ldi.Hozirgi zamon olimlarining fikricha, insoniy hayot kechirishning birdan-bir to’g`ri yo’li oilaviy hayotdir. Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi hisoblanadi. Shuningdek, oila muhim tarbiyachi hamdir. Oilada bolalar tarbiyasi uchun ota-bobolar va  momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o’tgan yaxshi udum, odatlar mavjud bo’lib, ularni asrab-avaylash, yosh avlodga etkazib berish oldimizda turgan muhim vazifalaridan biridir. Insonlar o’rtasidagi munosabatlar ichida eng muqaddasi nikoh hisoblanadi. Nikoh bilan qurilgan oilaning saodati va bardavomligi ham er, ham ayol tarafidan bo’ladigan o’zaro bir-biriga samimiy munosabati, ularning odobi, axloqi, shaxsiy fazilatlari bilan chambarchas bog`liqdir.Nikoh rishtasini o’rnatish uchun  ko’plab qonun-qoida, urf-odat va an’analarga suyanib, amal qilib kelingan. Yillar o’tib, zamonlar o’zgargani sari, urf-odat va an’analarimiz ham  o’zgarib bormoqda. Shunday yangi o’zgarishlardan biri respublikamizda nikoh shartnomasining joriy qilinganini misol qilib keltirishimiz mumkin. Aslida nikoh shartlari xalqimiz uchun yangilik bo’lmay, balki  diniy e’tiqodimizga ko’ra, shar’iy nikoh shartlari bo’yicha, kelinga mahrdan tashqari nikoh ahdi tuzilgach, nafaqa ham berilishi va shunga o’xshash qadriyatlarni unutayozgan edik. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, barcha davrlarda va har bir jamiyatda zamon, makon va turli irqlardan qat’i nazar, nikoh muqaddas hisoblanib kelingan. Shu bois oila qurish marosimi doimo tantanali nishonlanganini ko’rishimiz mumkin. Albatta, bunday nishonlanish har qanday oila qurayotganlarda o’z jufti va bo’lajak oilasi oldida  muayyan burchlari borligini eslatib turgan. Islomning dastlabki davrlarida  nikoh tartibi johiliyat davridagi oilaning huquqiy munosabatlariga tanqidiy yondashgan holda batafsil ishlab chiqilgan. Johiliyat davrida bir erkak istagancha ayol bilan nikohda bo’lib, ularning hammasiga ham birday muomalada bo’lmagan. Qur’oni karim nozil bo’lgach, nikoh shartlari oydinlashdi va  nikohlanuvchilar o’zaro haq-huquqlarini bilgan holda oila qurishlari zarurligi to’g`risida  oyatlar tushirilgan. Nikoh masalasi har bir kishi, oila, jamiyat va davlat, butun insoniyat uchun muhim ekanini hamma biladi. Chunki bu amaliy hayotda o’ta muhim bo’lib, halol va haromga, oila tashkil qilishga, kelajak avlodning dunyoga kelishiga va uning tarbiyasiga bog`liq masaladir. Shuningdek, u eru xotinlarning haq-huquqlari va majburiyatlari, ularga amal qilish, oilani tashkil etish, boshqarish, qolaversa, saodatli qilish bilan bog`liq masaladir.

12


http://press-service.uz

Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
© 2010 Texnik qo`llab-quvvatlash: UZINFOCOM