Toshkent shahar, Andijon va Namangan viloyatlar hoji ota va onalarimizdan kelib tushayotgan dil izhor xatlaridan...
Toshkent shahar 3-guruh ziyoratchilar nomidan D. Nuritdinova, T.Inagamova.
Aytadilarkim: “Musofir bo’lmaguncha, musulmon bo’lmaysan” - deb. Ming bora shukronalar aytib, O’zbekiston fuqorosi bo’lganimizga, yurtboshimiz boshchiligida tashkil etilgan barcha ishlarga – “O’zbekiston havo yo’llari”, ishchi guruh, oshpazlar, tibbiyot xodimlari va biz uchun xizmat qilgan barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Toshkent shahar 10-guruh ziyoratchilari nomidan M.Hidoyatova, T.Tolipova, X.Alimova.
Biz hojiota va onalar haj amallarini eson-omon bajardik. Haj mavsumini o’tkazishda bizga O’zbekiston haj ishlari hay’ati, havo yo’llari, bojxona, musulmonlar idorasi, Toshkent shahar xokimiyati, shifokorlar, oshpazlar va barcha ishchi guruhi juda yaxshi xizmat ko’rsatishdi. Ularning barchasidan cheksiz minnatdormiz. Biz mehmonxonada, Mino, Arofat, Muzdalifada bo’lganimizda boshqa qo’shni mamlakatlardan kelgan hojilar bilan muloqotda bo’ldik va biz shunga amin bo’ldikki, O’zbekiston kabi birorta ham davlat biz kabi yaxshi sharoitlarda emas ekanlar. Biz hojilar shunday sharoit yaratib bergan yurtboshimiz I.A.Karimovga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Chin dildan duo qilib Allohdan ularga sihat-salomatlik, yurtimizning tinchligi, osmonimizning musaffoligini so’radik.
Andijon viloyati, Andijon shahar ziyoratchilari nomidan A.Mamarasulov, A.Abdullajonov, E.Boqiev, O.Raximov, S.Nizomov.
Biz, Andijon viloyati hojilari, Allohga shukronalar aytib, bizlarga shunday kunlarni yaratib bergan O’zbekiston Prezidenti muhtaram I.A.Karimovga katta rahmatlar bo’lsinkim, bu inson respublikamiz taraqqiyoti va ravnaqi uchun ulkan xizmatlar qilmoqda. Prezidentimiz O’zbekiston halqi uchun doimo omon bo’lsinlar, sihat-salomatlik va yomon ko’zlardan Alloh asrasin.
Namangan viloyati ziyoratchilar nomidan A.Sheraliev, T.Ulug`xo’jaev, M.Salimov va M.Rajapov.
Biz Namangan viloyati Norin, Chortoq, Pop va Mingbuloq tumanlari hojilari Haj ibodati va uning barcha amallarini emin-erkin bajardik. Madina va Makka shaharlarida har tomonlama qulay, ozoda xonalarda yashadik. Taomlar mazali va to’yimli bo’lib, o’z vaqtida berildi. Haj amallarini bajarishda hech qanday muammo yo’q.
Biz O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimovga, Haj ishlari bo’yicha Respublika jamoatchilik kengashiga, ishchi guruhga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, niyatlari hosil bo’lishini, Vatanimiz yanada obod va farovon, xalqimiz tinch bo’lishini tilaymiz.
Andijon viloyati 3-gurux ziyoratchilari nomidan M.Xudoyqulova, A.Dehqonov, F.Shamsiddinov, A.Ataxonov, J.Sodiqov.
Bu ziyoratimiz Mustaqilligimizning ne’matidir. Bu ishlarga bosh bo’lgan Prezidentimiz boshchiligidagi barcha rahbarlarga, ishchi guruhidan boshlab ellikboshilarga o’z tashakkurimizni bildiramiz.
Hojilar uchun Arafotda, Minoda, Muzdalifada bir umr esda qoladigan mav’izalar, Qur’on tilovatlari bo’ldi. Mehmonxonalarda o’zbek oshpazlari milliy taomlarimizni tayyorlashligi, o’zbekistonlik shifokorlarni hojilar xizmatida bo’lishligi albatta kishini quvontiradi.
Ilohim Mustaqil O’zbekistonimiz tinchligi barqaror bo’lsin, bizga shunday sharoitlarni yaratib bergan Prezidentimizga va uning atrofidagilarga sog`lik va salomatlik tilab, duo qilib qoluvchi Andijon 3-guruh ziyoratchilari.