26.11.2011

Dil izhorlar
Ulug` ibodatni ado etib, Vatanlariga sog`-omon qaytgan hoji ota va onalarimizdan kelib tushayotgan dil izhorlar cheksiz shukr va mamnuniyatga ega. Yurtimizning Samarqand va Buxoro viloyatlaridan Hajga borib kelgan vatandoshlarimiz shunday yozmoqdalar:
Samarqand viloyati, Pastdarg`om tumani ziyoratchilari nomidan G.Shodi qizi, R.Hakimov, A.Rahimova, M.Sotvoldiev.

    Bizlar Haj safariga viloyat xokimiyati va diniy idoramiz tomonidan juda chiroyli tarzda jo’natilib, haj amallarini bajarib bo’lguncha davlatimiz bizga naqadar e’tiborli ekanligidan qalbimiz minnatdorchilik xissidan to’lib toshmoqda. Barcha tashkiliy ishlar yuksak darajada tashkil etilgan. Ishchi guruh a’zolari boshchiligida xizmatda turgan avtobuslar, oshxona xodimlari, shifokorlar, ellikboshilar beminnat xizmatda. Biz butun qalbimiz bilan davlatimiz, muxtaram prezidentimiz, muftiy xazratlari, barchalaringizni katta e’tiboringizni ko’rib, bilib turibmiz va bizlar bu xayrli ishlaringiz bardavomligini tilab duo qilamiz.

Buxoro viloyati ziyoratchilari nomidan Q.Ochilov H.Radjabov U.Umedova.

    Biz buxorolik hojilar shuni tilab yozayapmizki, avvalambor dunyomiz tinch bo’lsin, istiqlolimizga ko’z tegmasin, yurtimiz gullab yashnasin, Vatanimizning mustaqilligi barqaror bo’lsin deb hamisha duodamiz.
    Prezidentimizning sa’i-harakatlari bilan biz, shunday muqaddas joyga ya’ni “Ka’batulloh”ni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo’ldik. Ota-bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz bu muqaddas dargohga kelish orzusida bo’lganlar, ammo ularning orzulari armon bo’lib qolgan. Shunday baxtga muyassar bo’lgan ekanmiz, Allohdan ona yurtimizning tinchligi, yurtboshimizning, xalqimizning sog`ligi, tinch va farovon hayotini istab duolar qilmoqdamiz.

12


http://press-service.uz

Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
© 2010 Texnik qo`llab-quvvatlash: UZINFOCOM