Вид

A
A
A

Размер шрифта

0% Увеличить на



Статистическая информация


 

2017 yil IV - chorak holatiga (1 sentabrdan 19 dekabrgacha)

2017 yil IV - chorak holatiga (1 sentabrdan 19 dekabrgacha)

Din ishlari boyicha qomitaning 201yil IV - chorak holatiga

 

 

 

Yuklab olish (pdf-200 Kb)

Din ishlari boyicha qomitaning 201yil davomida amalga oshirilgan ishlari haqida

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida jami 2221 ta diniy tashkilotlar mavjud. Ulardan 2065 ta islomiy, 157 ta xristian tashkilotlari, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoasi, 1 ta Krishna jamiyati va 1 ta Budda ibodatxonasi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur diniy tashkilotlar orasida diniy ta’lim muassasalari ham o’rin olgan.
Respublika bo’yicha O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurtlari (madrasa) va Toshkent islom instituti, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’zbekiston yeparxiyasining Toshkent pravoslav seminaryasi hamda Toshkent protestant seminariyalari shular jumlasidandir.Bulardan tashqari 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan ta’sis etilgan Toshkent islom universiteti davlat tasarrufidagi oliy ta’lim muassasasi bo’lib, undagi ta’lim olayotgan talabalar ham diniy ham dunyoviy bilimlarni uyg’unlikda olmoqdalar.

Shuningdek, masjid imom-xatiblarning maxsus o’quvlarini tashkil etish hamda buyuk ajdodlarimizning merosini puxta va chuqur o’rganish maqsadida, 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro markazi ta’sis etildi. Ushbu o’quv dargohida 2017 yilning 1-yarmi davomida respublikada faoliyat ko’rsatayotgan imom-xatiblari uchun o’quv mashg’ulotlarning 2-davrasi faoliyatini boshladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur o’quvlar doimiy ravishda amalga oshiriladigan, imom-xatiblarning mutaxassis mahoratlarini, dunyoda ro’y berayotgan voqe’lik hamda turli jarayonlardan boxabar bo’lib borishlari uchun qulay zamini yaratadi.

Ushbu nufuzli dargohda imom-xatiblarimizga dars berayotgan ustoz-domlalar respublikada turli sohalarda yetakchilik qilayotgan olimlar, din va davlat arboblari hisoblanadi.

Din ishlari bo’yicha qo’mita, respublikamizdan muqaddas qadamjolarga ziyorat qilayotgan fuqarolarimizga ham xizmat ko’rsatadi.

Har yili umra va muqaddas Haj safariga borayotgan ziyoratchilarimizga safar bilan bog’liq viza hujjatlari, aviachiptalarni rasmiylashtirish, Saudiya Arabistonida joylardagi sharoitlar, mehmonxona va boshqa masalalarda mutasaddi tashkilotlar bilan uyushqoqlikda ishlarni amalga oshiradi. 
O’tgan 2017 yilning 2-yarmi davomida 5 000 dan ziyod fuqarolarimiz bahorgi mavsumda Umra ziyoratini amalga oshirib kelishga muvaffaq bo’ldilar. Ramazon (iyun-iyul) oyida esa yana 672 nafar fuqarolarimiz Umra safariga borishi rejalashtirilgan.

Bulardan tashqari yurtimizdan noislomiy tashkilotlar tomonidan ham xristian va yahudiylar uchun muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etiladi. Har yili Toshkent va O’zbekistn yeparxiyasi tomonidan Isroilning Iyerusalim shahriga, shuningdek, Rossiya va Gretsiya davlatlariga ziyoratlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi. Joriy yil 29-30 aprel kunlari 130 dan ziyod pravoslav xristianlar Isroilning Iyerusalim shahriga ziyoratga borib kelishdi.

Yuklab olish (23 Kb)


Diniy ekstremizmga qarshimiz

Davlat dasturlari

Ошибка (#32)

Вид

A
A
A

Размер шрифта

0% Увеличить на