Ma’lumki, bugun yurtimizdagi tinchlikni qadriga yetish,  diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalash, aholining diniy-ma’rifiy va ma’naviy darajasini yuksaltirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur borada olib borilayotgan ishlarni aholiga yetkazib berish, ularning samaradorligini yanada oshirish, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, milliy-diniy qadriyatlarimizning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida “Ziyo chashmasi” turkum eshittirishlari berib kelinmoqda.

Islom axloqi, sog‘lom aqida, oila osoyishtaligi asoslari, silai rahm, ogohlik, shukronalik, ota-onani e’zozlash hamda turli illatlardan saqlanish kabi mavzularga bag‘ishlangan. Xalqimiz orasida o‘z nufuziga ega olimu ulamolar, muhtaram imom-xatiblarimiz hamda diniy sohaning turli vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan mazkur eshittirishlarni haftaning har juma kuni “Navro‘z” va “Oriat dono” radiokanallari orqali tinglab, o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bilan tanishishingiz va ular bo‘yicha savollaringizga javob topshingiz mumkin.

Axborot xizmati